
Ishonch yorliqlarining nusxalarini qabul qilgan Abdulaziz Komilov elchini O‘zbekistonda faoliyat boshlagani bilan tabriklagan va unga yuqori va masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyatlar tilagan.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, xususan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni jadallashtirish orqali munosabatlarni rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi qayd etilgan.
«Afg‘onistondagi mavjud holatni hisobga olgan holda mintaqadagi vaziyat, shu jumladan, Shveysariya fuqarolarini bu mamlakatdan evakuatsiya masalalari yuzasidan fikr almashildi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq, Tashqi ishlar vaziri koronavirusga qarshi to‘liq emlangani haqida xabar bergandik.


