1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Konya–2021” g‘oliblari qancha mukofot olishi ma’lum bo‘ldi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

“Konya–2021” g‘oliblari qancha mukofot olishi ma’lum bo‘ldi

 

V Islom birdamligi o‘yinlari g‘oliblari “Konya shahrida bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish to‘g‘risida“gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi.

 

Qaror bilan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar:
—oltin medal uchun – 5 ming AQSH dollari;
—kumush medal uchun – 3 ming AQSH dollari;
—bronza medal uchun – 2 ming AQSH dollari;

 

Sportchilarni tayyorlagan trenerlar:
—oltin medal uchun – 2,5 ming AQSH dollari;
—kumush medal uchun – 1,5 ming AQSH dollari;
—bronza medal uchun – 1 ming AQSH dollari miqdorida har bir medal uchun bir martalik mablag‘lar bilan mukofotlanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика