1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Koronavirus turlari ko‘payishda davom etmoqda: Britaniyada yangi shtamm aniqlandi

U COVID‘ning ikki varianti qo‘shilishidan paydo bo‘lgan.

Koronavirus turlari ko‘payishda davom etmoqda: Britaniyada yangi shtamm aniqlandi

 

Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi shtammi — XE aniqlandi. Bu haqda "Kommersantʼ" xabar berdi.

 

Olimlar hozirda uning qay darajada xavfli ekanini aniqlamagan. Yangi variant BA.1 va BA.2 "omikron" shtammlari qo‘shilishidan paydo bo‘lgan. Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash xavfsizligi agentligi (UKHSA) maʼlumotlariga ko‘ra, 22 mart kungi holatga ko‘ra, mamlakatda XE bilan bog‘liq 637 holat aniqlangan.

 

UKHSA bosh tibbiy konsultanti Syuzan Xopkins bu kabi rekombinatlar odatda populyatsiyadan tezda mustaqil ketishini taʼkidlagan.

 

"XE rekombinati tarqalishning o‘zgaruvchan tezligini ko‘rsatdi va biz hozir aniq nimadir deya olmaymiz. Hozircha virusning transmissivligi, og‘irligi yoki unga vaksinalarning taʼsiri haqida xulosa chiqarish uchun yetarli dalillar yo‘q", — degan Xopkins.

 

Avvalroq JSST koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlari ko‘payganini maʼlum qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика