Maʼlum qilinishicha, markazni tashkil etishga viloyatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortayotgani sabab bo‘lgan. Bu bo‘yicha Farg‘ona viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2021 yil 13 iyuldagi buyrug‘i qabul qilingan.
Taʼkidlanishicha, markaz Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasining tug‘ruq majmuasida tashkil etilgan. Kompleks kerakli tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan holda ish faoliyatini boshlagan.


