1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Salomatlik

Koronavirusga chalingan homilador ayollarda kuzatiladigan asoratlar haqida maʼlumot berildi

Reproduktolog Irina Menshikova koronavirus bilan kasallangan ayollarda bola tushish xavfi yuqori ekanini aytdi.

Koronavirusga chalingan homilador ayollarda  kuzatiladigan asoratlar haqida maʼlumot berildi

 

Uning aytishicha, homilador ayollarda mutatsiyaga uchragan “Covid”ning yangi turi bilan kasallanish xavfi juda yuqori ekan. Shu bilan birga kasallangan ayollarda tug‘ruqdan keyingi qon ketish, bolaning belgilangan vaqtdan erta tug‘ilishi va bola tushishi xavfi yuzaga kelishi mumkinligi kuzatilgan. Bu haqda tug‘ruq shifokori Irina Menshikova maʼlum qildi.

 

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, homiladorlikning, ayniqsa, ikkinchi va uchinchi oyda bola tushish xavfi yuqori bo‘ladi. Qon bosim ko‘tarilib, peshobda oqsil ko‘pay ketadi. Qon quyuqlashib, tomirlarda tromblar hosil bo‘ladi.

 

Shu kabi jiddiy oqibatlarning oldini olish uchun shifokorlar rejalashtirilgan homiladorlikdan bir oy oldin yoki homila deyarli to‘liq shakllangan, yaʼni 22 haftadan keyin emlanishni tavsiya qilmoqda.

 

Avvalroq homilador ayollar orasida "Covid-19"ga chalinish holati ko‘paygani hamda homilador va emizikli ayollar nima uchun emlanmayotganiga izoh berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика