Olti nafar Turkiya fuqarosi koronavirusning «Omicron» variantini yuqtirgani tasdiqlandi. Bu haqda TRT Haber telekanali xabar bermoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, kasallanganlar besh nafari Izmir shahrida, yana biri Istanbulda. Yangi shtammni yuqtirganlarning ahvoli og‘ir bo‘lmagani uchun kasalxonaga yotqizilgan.
Bemorlar yaqinda chet elga sayohat qilganmi, ular Covid-19 ga qarshi emlanganmi yoki yo‘qmi, maʼlum qilinmagan.
Avvalroq ushbu shtamm tufayli dunyo bozorida olmos narxi 10 foizga oshgani maʼlum qilingandi.
Shuningdek, Yaponiya bosh vaziri «Omicron» sabab AQSHga safarini bekor qilgan.
Nasiba To'xtayeva


