Koronavirusning "Omicron" shtammining tarqalishi fonida dunyo bozorida olmos narxi 10 foizga oshdi. Bu haqda The Economic Times xabar qildi.
Dunyodagi eng yirik olmos kompaniyasi De Beersning asosiy konlari joylashgan Janubiy Afrika va Botsvanadan yetkazib berishdagi kechikishlar kutilmoqda.
Hindiston, sayqallangan olmoslarning asosiy eksportchisi sifatida, ularni xarid qilishni cheklashni va AQSH, Xitoy hamda Yaqin Sharqqa oldindan kelishilgan narxlarda yetkazib berishni amalga oshirish uchun mahalliy zaxiralardan foydalanishni boshladi.
Avvalroq Yaponiya aynan yangi shtamm tufayli xorijliklar uchun chegaralarini yopgandi.
Nasiba To'xtayeva