1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kosonda mansabdorlar qabriston yerini sotib yuborishdi

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kosonda mansabdorlar qabriston yerini sotib yuborishdi

 

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida qabristonga tegishli yer maydonini pullagan mansabdorlar aniqlandi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, mazkur harakat Koson tumani yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan. Ular qonun talablariga zid ravishda tuman markazida joylashgan “Eshoni Koson” qabristoni hududidan fuqaro va tadbirkorlarga 0,33 gektar yer maydonini noqonuniy ajratib, ushbu qabristonga tegishli yer maydonida kushxona, savdo do‘koni va omborxona binolari qurilishiga yo‘l qo‘yishgan. Shu tariqa davlat va jamiyat manfaatlariga 146 mln so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика