1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun 20 mingdan ziyod nusxada kitob chop etiladi

Hozirda 8 nomdagi o‘quv adabiyotlari nashrga tayyorlangan.

Ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun 20 mingdan ziyod nusxada kitob chop etiladi

 

2023 yilning 1-choragi davomida 20 mingdan ziyod nusxada chop etiladi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 2022-yil yakunlari bo‘yicha Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining kutubxonalari 11 nomdagi 58 mingdan ziyod o‘quv adabiyotlari bilan taʼminlangan

 

Shuningdek, bolalar musiqa va sanʼat maktablarida tahsil olayotgan ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan matn va nota yozuvlarining muqobil shakllari 1900 nusxada o‘quv adabiyoti sifatida tegishli taʼlim muassasalariga yetkazilgan.  

 

“Yana 8 nomdagi o‘quv adabiyotlari nashrga tayyor holga keltirilgan bo‘lib, 2023-yilning 1-choragi davomida 20 mingdan ziyod nusxada chop etilishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика