1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Kriminal avtoritet Qamchi Ko‘lboyevning 1 milliard dollarga teng aktivlari fosh etildi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik tomonidan olib borilgan qidiruvda qiymati 500 ming dollarni tashkil etuvchi oltin va olmosdan yasalgan toj topildi.

Kriminal avtoritet Qamchi Ko‘lboyevning 1 milliard dollarga teng aktivlari fosh etildi

 

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi 4 oktyabr kuni o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida o‘ldirilgan mahalliy kriminal avtoritet Qamchi Ko‘lboyev (Qamchibek Asanbek)ning jinoiy imperiyasi haqida maʼlumot berdi. 

 

Razvedka xizmati maʼlumotlariga ko‘ra, Ko‘lboyevning barcha aktivlari dastlabki umumiy qiymati taxminan 1 milliard dollarni tashkil etadi.

 

Aktivlarga — 850 dan ortiq ko‘chmas mulk, xususan, hashamatli uylar, kottejlar, qurilayotgan binolardagi ko‘plab kvartiralar, dam olish markazlari, pansionatlar, restoranlar, yer uchastkalari, otxonalar, ov joylari, 60 dan ortiq qimmatbaho avtomobillar, shu jumladan, zirhli buyumlar, zargarlik buyumlari va boshqa mulklar kiradi.

 

Shuningdek, qidiruv davomida xavfsizlik kuchlari tomonidan qiymati 500 ming dollarni tashkil etuvchi oltin va olmosdan yasalgan toj topilgan.

 

“Bu noqonuniy aktivlarini qidirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning faqat dastlabki natijalari. Bu ish mamlakat ichida va xorijda, xususan, Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Yaponiyada davom etadi. Chunki uning bu davlatlarda biznes qiziqishlari bo‘lgan”, — deya taʼkidlagan Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика