Portugaliyalik hujumchi "Al-Nasr" klubi o'yinchisi Krishtianu Ronaldu sevgilisi Jorjina Rodriges bilan ajrashishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda “Ajansspor” Portugaliyaning CMTV telekanaliga tayanib.
“Jorjina har doim kunini savdo markazlarida o'tkazadi. Bu meni bezovta qiladi. U faqat sarflaydi, sarflaydi va sarflaydi, boshqa hech narsa qilmaydi», — deya Ronalduning so'zlarini keltiradi manba.
Krishtianu va Jorjina munosabatlari uzoq davom etayotgan bo'lishiga qaramay, hozircha ular rasman oila qurmagan.
Ronaldu “Al Nasr” safida 2023-yildan buyon to‘p suradi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025-yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi “Al-Nasr” safida barcha musobaqalarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


