"Real Madrid" yarim himoyachilari Toni Kroos va Luka Modrich Madrid klubiga Fenerbaxchening 18 yoshli futbolchisi Arda Guler bilan shartnoma imzolashda yordam berishdi.
Jurnalist Volkan Demirning yozishicha, Kroos va Modrich turkiyalik futbolchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan va "Real Madrid"ning yulduz yarim himoyachilari bilan suhbatlashgandan so‘ng, Guler nihoyat “qaymoqranglilar” taklifini qabul qilishga qaror qilgan.
Futbolchi “Fenerbaxche” tarkibida 51 o‘yinda 9 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Turkiya terma jamoasi safida ham to‘rtta o‘yinda ishtirok etgan. Yarim himoyachining “Fenerbaxche” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt futbolchini 15 million yevroga baholamoqda.


