1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Kubalik kurashchi Olimpiya o‘yinlarida yangi tarix yaratdi

U beshinchi bor oltin medal sohibiga aylandi.

Kubalik kurashchi Olimpiya o‘yinlarida yangi tarix yaratdi

 

Mixain Lopez ilk bor 2004-yilgi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan. Oradan 20 yil o‘tib, kubalik sportchi musobaqada beshinchi bor oltin medalni qo'lga kiritdi.

 

Bu voqea 6 avgust, seshanba kuni sodir bo'ldi. 130 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida Lopesning raqibi chililik Yasmani Fernandes bo‘ldi. Bahsning birinchi davrasi yakuniga ko‘ra, Mixain 3:0 hisobida oldinga chiqib oldi. Bellashuvning ikkinchi yarmida Lopes yana bir qancha samarali harakatlarni amalga oshirdi. Yakuniy hisob 6:0 ko'rinishini oldi.

 

Ammo voqealar rivoji shu bilan tugamadi. Bahs yakunlanganidan so'ng Lopes to'g'ridan-to'g'ri gilamga chiqib, kurash poyabzalini yechdi va nafaqaga chiqqanini ochiq e'lon qildi. Mixain Lopes Tokioda to'rtinchi oltinni qo'lga kiritib, tarixdagi eng unvonli kurashchiga aylangandi. Aynan 2021-yilda u Olimpiya o'yinlaridagi muvaffaqiyatlar soni bo'yicha Aleksandr Karelinni ortda qoldirgan. Uning musobaqalarda uchta g'alabasi bor edi.

 

Lopes hozir 41 yoshda. Ammo Mixain oltinchi Olimpiadaga ham jiddiy tayyorgarlik ko'rib kelganini isbotladi. Lekin muhimi shundaki, kurashchilar gimnastikachilar, suzuvchilar va eshkak eshuvchilardan farqli o'laroq, o'rtacha hisobda to'rt yilda bir marta oltin medalni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega. Afsonaviy kubalik sportchi esa bu imkoniyatlarning barchasidan unumli foydalandi. 16 yil davomida u birorta ham xatoga yo‘l qo‘ymadi va Olimpiadada birorta bellashuvda ham mag‘lub bo‘lmadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика