Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 500 ming nafargacha ukrainalik urushga safarbar etish rejalari haqida bayonot bilan chiqqandi. Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy ushbu bayonotga izoh berdi.
"Harbiy qo‘mondonlik biror bir aniq raqam bo‘yicha so‘rov yuborgani yo‘q", — degan u.
Rossiyani Marinkaning to‘liq qo‘lga olingani haqidagi bayonotiga izoh berar ekan, u Ukraina qo‘shinlari shaharni tark etganini aytdi. Baʼzi joylarda qo‘shinlar Marinka chekkasida, baʼzi joylarda esa biroz uzoqroqda joylashgan.
"Kuchimiz yetarli bo‘lsa, himoya qilamiz. Agar biz odamlarni hayotini saqlab qolish yaxshiroq ekanini tushunsak, keyinroq kurashishimiz mumkin", — deya taʼkidladi Zalujniy.


