1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Kuchli jamiyatlar ayniqsa ayollar yetakchiligi orqali barqaror bo‘ladi” — Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Abu-Dabidagi global forumda ayollar yetakchiligi va ta’lim huquqi insoniy qadr asosida muhimligini ta’kidladi.

“Kuchli jamiyatlar ayniqsa ayollar yetakchiligi orqali barqaror bo‘ladi” — Saida Mirziyoyeva

 

Bugun Birlashgan Arab Amirliklari poytaxtida Shayx Zoid nomidagi “Insoniy birodarlik” xalqaro mukofoti taqdirlash marosimi doirasida yuqori darajadagi global forum ochildi. Tadbirda xorijiy mamlakatlarning Birinchi xonimlari, Nobel mukofoti sohiblari, BMT agentliklari va yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, BAA va Ko‘rfaz davlatlarining yuksak martabali siyosatchilari, vazirlar, shuningdek, texnologiya va sun’iy intellekt etikasi sohasidagi yetakchi olimlardan iborat 150 nafar nufuzli mehmon ishtirok etdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva forumning “Ayollar yetakchiligi insoniy birodarlik markazida” mavzusidagi 1-sessiyasida nutq so‘zladi.

 

Nutqida Saida Mirziyoyeva ayollar yetakchiligi va ta’lim huquqini inson qadrining asosiy mezoni sifatida himoya qilish g‘oyasini ilgari surdi. U O‘zbekistonning ayollarni ijtimoiy himoya qilish va yetakchilikdagi muvaffaqiyatli islohotlarini misol qilib keltirdi hamda bu amaliyot milliy rivojlanish va butun mintaqada tinchlik hamda hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

 

“O‘zaro hurmat bilan yo‘g‘rilmagan rivojlanish uzoqqa cho‘zilmaydi. Kuchli jamiyatlar nafaqat qonunlarga, balki insonlar orasidagi o‘zaro ishonchga ham asoslanadi, ishonch esa ko‘pincha ayollar o‘rtasidagi munosabatlar va yetakchilik orqali mustahkamlanadi”, — dedi Saida Mirziyoyeva.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика