1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Kuchli magnit bo‘roni yaqinlashmoqda

Ertaga 7 balli qizil darajadagi magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin.

Kuchli magnit bo‘roni yaqinlashmoqda

 

Ertaga Yerda kuchli — 7 ballik, to‘q qizil darajadagi magnit bo‘roni kuzatilishi ehtimol qilinmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, bu faollik chorshanba kuni ham davom etishi mumkin. Odatda bunday holatlar vaqtincha aloqa, navigatsiya va elektr tizimlariga ta’sir ko‘rsatadi.

 

Magnit bo‘roni ayrim odamlarda o‘zini yomon his qilish, bosh og‘rig‘i, uyqu buzilishi, asabiylik yoki charchoqni kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun shifokorlar bunday kunlarda sog‘liqdagi o‘zgarishlarga e’tiborli bo‘lishni tavsiya etadi.

 

Mutaxassislar bo‘ron davrida ko‘proq suv ichish, ortiqcha stressdan chetda bo‘lish va yetarli dam olishni maslahat bermoqda. Bu oddiy choralar organizmning keskin o‘zgarishlarga moslashishiga yordam beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика