1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kuchli yomg‘ir ostida qolayotgan Pokiston: qurbonlar soni ortib bormoqda

Birgina Panjob viloyatida suv toshqinlari kamida 52 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

Kuchli yomg‘ir ostida qolayotgan Pokiston: qurbonlar soni ortib bormoqda

 

25 iyundan beri Pokistonda kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida 86 kishi halok bo‘ldi va 151 kishi jarohatlandi. Bu haqda dushanba kuni mamlakatning tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy agentligi maʼlum qildi, deya xabar berdi Xinhua axborot agentligi.

 

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, Pokiston sharqidagi Panjob viloyati eng ko‘p jabr ko‘rgan mintaqa bo‘lib, kuchli yomg‘ir tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari kamida 52 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

 

Bundan tashqari, butun mamlakat bo‘ylab suv toshqinlari kamida 97 uyni vayron etgan va 46 chorva molini nobud qilgan.

 

Hozirda davlat, notijorat tashkilotlari va mamlakat ko‘ngillilari jabrlangan hududlarda qutqaruv ishlarini olib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика