1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kuchli zilzila sodir bo‘lgan Gaitiga to‘fon yaqinlashmoqda

Zilziladan talofat ko‘rgan Gaiti yana bir tabiiy ofat xavf solyapti. “Greys” tropik bo‘roni Gaiti hamda Dominikan Respublikasi joylashgan orolga yaqinlashmoqda.

Kuchli zilzila sodir bo‘lgan Gaitiga to‘fon yaqinlashmoqda

Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” nashri yozyapti.

Gaitining janubiy qirg‘oqlariga bo‘ron yaqinlashayotgani sababli kuchli yomg‘ir boshlangan. Joriy yilning 14 avgust kuni yuz bergan 7,2 balli zilziladan zarar ko‘rgan joylarda esa toshqinlar boshlanib, gumanitar inqirozni kuchaytirgan.

Maʼlumot uchun, Gaitida qayd etilgan 7,2 balli zilzila oqibatida hozirgacha 1419 kishi halok bo‘lgani, 6900 kishi yaralangani va 37 ming 312 ta uylar vayron bo‘lganini hukumat tasdiqlagan. Talafot ko‘rgan binolar orasida o‘nlab cherkovlar, mehmonxonalar, uylar va maktablar bor. Ularning baʼzilari vayron bo‘lgan.

Gaiti rasmiylari qurbonlar soni oshishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика