1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kuleba: Ayrim davlatlar injiqliklariga qaram bo‘lmaslik uchun o‘zimiz qurol ishlab chiqarishimiz kerak

Ukraina TIV rahbari ayrim davlatlarning Kiyevga yetarli darajada qurol bermayotganini maʼlum qildi.

Kuleba: Ayrim davlatlar injiqliklariga qaram bo‘lmaslik uchun o‘zimiz qurol ishlab chiqarishimiz kerak

 

Ayrim davlatlar siyosiy sabablarga ko‘ra Ukrainaga yetarli miqdorda qurol sotmayapti. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Politico  nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi.

 

Diplomat Kiyevda tanklar va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlariga katta ehtiyoj borligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy vaziyatda qurol yetkazib berish masalasi yana-da dolzarblashgan.

 

“Biz bir faktni tan olishimiz kerak: dunyoda Ukrainaga zarur narsalarga egalik qiladigan davlatlar bor, ammo ular siyosiy sabablarga ko‘ra uni yetarli miqdorda sotmayapti”, – degan TIV rahbari.

 

Vazirning fikricha, bu davlatlarni ko‘ndirishga ketadigan vaqt o‘rniga Ukrainaning o‘zi qurol ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi kerak.

 

Bundan oldin The New York Times  gazetasi NATOning kichik davlatlarida qurol zaxiralari tugagani to‘g‘risida xabar bergandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика