Shunchaki kulish sog‘ligingizga foydali bo‘lishi mumkinligini bilasizmi? Mayo klinikasi mutaxassislari olib borgan tadqiqotlarga ko‘ra, kulgi immunitetni mustahkamlaydi, ruhiy holatni yaxshilaydi va og‘riqni kamaytirishda tabiiy vosita sifatida xizmat qiladi.
Shifokorlarning tushuntirishicha, kulgining ta’siri organizmda ijobiy kimyoviy jarayonlarni faollashtiradi. Kulgan paytda miyaga elektr signallari uzatiladi va tanada endorfinlar – ya’ni tabiiy “baxt” gormonlari ajralib chiqadi. Bu moddalar og‘riqni yengillashtiradi, kayfiyatni ko‘taradi va umumiy ruhiy holatni yaxshilaydi.
Qisqa muddatli foydalar quyidagilar: o‘pkaga ko‘proq kislorod yetkaziladi, yurak va mushaklar faoliyati kuchayadi, qon aylanishi yaxshilanadi, stress kamayadi, yurak urishi va bosim me’yorlashadi, tana bo‘shashib, dam olish holatiga o‘tadi.
Doimiy kulgi esa immunitetni kuchaytiradi, salbiy emotsiyalarning salomatlikka zararli ta’sirini kamaytiradi, stressga chidamli moddalar ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, og‘riqqa nisbatan bardoshlilikni oshiradi va ijtimoiy hayot va professional muhitga moslashishni osonlashtiradi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘proq kuladigan insonlar o‘ziga ishongan, ijtimoiy faol va baxtliroq hayot kechiradi.
Har kuni bir necha daqiqa chin dildan kulish – bu sog‘liqni mustahkamlovchi eng qulay va arzon “dori”dir.


