1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Kutilmagan tashrif: Zelenskiy Yaponiyaga emas, Saudiyaga bordi

Avvalroq, Ukraina yetakchisini Xirosima shahriga borishi aytilgan.

Kutilmagan tashrif: Zelenskiy Yaponiyaga emas, Saudiyaga bordi

 

Avvalroq Yaponiyaning Xirosima shahriga borishi aytilgan Vladimir Zelenskiy Jiddaga uchib bordi. Bu haqda u Telegram kanalida maʼlum qildi.

 

"Arab davlatlari ligasida chiqish qilaman. Valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon al-Saud bilan uchrashib, ikki taraflama muzokara o‘tkazaman", — deb yozgan Zelenskiy.

 

Bugun Saudiya Arabistoni poytaxtida Arab davlatlar ligasi sammiti boshlanadi.

 

Ukraina prezidenti u yerga Polsha orqali fransuz samolyotida uchib bordi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokara "tinchlik formulasi" va keyingi yil qishda mamlakatning energetik xavfsizligini taʼminlash to‘g‘risida bo‘ladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика