1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

KXDR tongda hammani bezovta qildi

Yapon dengizi tomon yangi ballistik raketalar uchirilgan.

KXDR tongda hammani bezovta qildi

 

Bugun, 18 dekabr kuni KXDR Yapon dengizi tomonga ikkita ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati maʼlum qildi.

 

Raketalar 25 daqiqa interval bilan uchirilgan. Ularning har ikkisi ham dengizga qulagani aytilmoqda.

 

Yapon qo‘riqlash kemalari mintaqada bo‘lib turgan kemalar raketa qoldiqlarini ko‘rgan taqdirda darhol rasmiylar bilan bog‘lanishni so‘ragan.

 

Bosh vazir Fumio Kisida devonxonasi qoshida maʼlumotlarni to‘plash va tahlil qilish shtabi ish boshlagan. Yaponiya mudofaa vazirligi ham hodisani o‘rganmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика