1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

KXDRga ham koronavirus yetib bordi

Bu bo‘yicha shaxsan Kim Chen In xalqqa murojaat qilgan.

KXDRga ham koronavirus yetib bordi

 

 

Shimoliy Koreya rasman mamlakatda koronavirus bilan kasallanishning birinchi holatini qayd etdi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, hukumat 8 may kuni Pxenyan aholisidan olgan tahlillari natijasi COVID-19‘ning omikron shtammi bilan zararlanish aniqlangan. Shu munosabat bilan Koreya mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasi yig‘ilishi chaqirilgan.

Unda Kim Chen In murojaat bilan chiqqan. U kasallik tarqalishining oldini olish uchun davlat chegaralari nazoratini kuchaytirishga topshiriq bergan.

O‘z navbatida Janubiy Koreya Pxenyanga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligini maʼlum qildi.

KXDR koronavirus rasman aniqlanmagan kam sonli davlatlardan biri bo‘lib qolayotgan edi.

Avvalroq Shimoliy Koreya Xitoy bilan chegarada temiryo‘l stansiyasi qurayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика