Bu yil latviyalik mast haydovchilardan musodara qilingan umumiy qiymati 900 ming yevrodan ortiq bo‘lgan 271 ta avtomobil Ukrainaga berildi.
Latviya Seymi (parlament) yana 34 ta mashinani Ukrainaga topshirishga tayyorlanmoqda, ularning umumiy qiymati 161 880 yevroga baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 16 fevral kuni Latviyada davlat tomonidan musodara qilingan avtoulovlarni Kiyevga tekinga topshirishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilingan edi.


