1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Latviyada 9-may “Motam kuni” deb e’lon qilindi

Shu kuni mamlakatda ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlandi.

Latviyada 9-may “Motam kuni” deb e’lon qilindi

 

9-may butun Latviyada Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzi oqibatida halok bo‘lgan fuqarolar va harbiylar sharafiga “Ukraina qurbonlarini xotirlash kuni” deb e’lon qilinadi. Bu bo‘yicha Parlament tomonidan qonun loyihasi ishlab chiqildi. 


Uning maqsadi Latviya jamiyati e’tiborini Rossiya tomonidan Ukrainada boshlangan harbiy tajovuzga qaratish va Ukraina davlatining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uchun kurashda ukrain xalqi bilan birdamlikni ko‘rsatishdir.

 

Qabul qilingan qonunga ko‘ra, Latviyada shu kuni ommaviy bayram tadbirlarini o‘tkazish taqiqlandi. 9-may kuni davlat muassasalari, turar-joy binolari, shuningdek, Latviya Prezidenti qarorgohi yaqinida motam dizaynidagi Latviya bayrog‘i ko‘tariladi. 


Belgilangan qoidalar 11-may sanasidan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика