1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Lavozimim bor, menga hech kim tegmaydi, deganlar adashadi” — Prezident 2026 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “favqulodda holat” e’lon qildi

Xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya tizimi, banklar, yirik davlat korxonalari, vazirliklar va hokimliklarning birortasi nazoratdan chetda qolmaydi.

“Lavozimim bor, menga hech kim tegmaydi, deganlar adashadi” — Prezident 2026 yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “favqulodda holat” e’lon qildi

Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytiriladi.

 

Davlat rahbari ta’kidlaganidek:

“Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa islohotlarimizga xiyonatdir. Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda ‘favqulodda holat’ e’lon qilamiz”.

 

Mazkur qarorga muvofiq, barcha idoralarda komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazoratga mas’ul o‘rinbosar lavozimi joriy etiladi. Hisob palatasining vakili faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

 

Ushbu rahbarlar – tizimdagi nopok shaxslarni aniqlash, shuningdek, budjet mablag‘i talon-toroj bo‘lishi va mansabni suiiste’mol qilish holatlarini oldini olish bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatadi va Prezident oldida hisobot beradi.

 

“Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng! Xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, prokuratura, soliq, bojxona, moliya, bank, yirik davlat kompaniyalari, vazirlik va hokimliklar, bir so‘z bilan aytganda, birorta idora va tashkilot nazoratdan chetda qolmaydi.

 

Komplayens xizmatining faoliyatiga to‘sqinlik qilganlar korrupsiyaga sherik deb baholanadi va javobgarlik shunga mos holda bo‘ladi", - dedi davlat rahbari.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика