1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Lavrov Belarusning Rossiya bilan “tili birligi”ni tan oldi

Rossiya TIV rahbari Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi

Lavrov Belarusning Rossiya bilan “tili birligi”ni tan oldi

 

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha maʼlumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat Ukrainadagi harbiy operatsiya davomida qanday maqsadlarga erishish kerakligi borasida umumiy pozitsiyaga ega.

 

Sergey Lavrovning aytishicha, suhbat chog‘ida u Belarus prezidenti bilan harbiy amaliyotlar doirasida Ukrainadagi vaziyat qanday rivojlanayotgani haqida fikr almashgan.

 

“Bu yerda qanday maqsadlarga erishish kerakligi bilamiz. Biz Rossiya yoki Belarusga xoh u Ukraina bo‘lsin, xoh boshqa davlatning tahdidlariga yo‘l qo‘ymaslikni taʼminlash borasida yagona pozitsiyaga egamiz”, — dedi vazir.

 

Janob Lavrov Minskka ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari hayʼatlarining qo‘shma majlisida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Aleksandr Lukashenko va Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashuvlar bo‘lgan. Muzokaralar yakuni bo‘yicha 2023 yilga mo‘ljallangan TIVlararo maslahatlashuvlar rejasi va hukumatlararo memorandum hamda yig‘ilish qarori imzolangan.

 

Rossiya va Belarus 2021 yil sentyabrida integratsiya dasturlari bo‘yicha kelishib olgan. O‘tgan yilning oktyabr oyida Aleksandr Lukashenko va Vladimir Putin Belarus va Rossiyaning qo‘shma harbiy guruhini tuzish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Belarus Mudofaa vazirligining xabar berishicha, guruhdagi RF kontingenti 9 ming kishidan biroz kamroq.

 

Kreml Vladimir Putin Aleksandr Lukashenkoni Ukrainadagi mojaroda ishtirok etishga majburlamasligini aytdi. Pentagon ham Belarusning mojaroga kirishmoqchi ekanligi haqida hech qanday alomat yo‘qligini aytgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика