Sergey Lavrov o‘tirgan samolyot Serbiyaga uchib bora olmadi. Bunga Serbiya bilan chegaradosh davlatlarning havo chegaralarini yopib olishi sabab bo‘lgan.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, RF delegatsiyasi Belgradda muzokara o‘tkazishi kerak bo‘lgan. ammo Serbiya atrofidagi davlatlar Rossiya tashqi ishlar vaziri samolyotini o‘z hududidan uchib o‘tishiga ruxsat bermagan.
Serbiya OAVlarining maʼlumotiga ko‘ra, Bolgariya, Shimoliy Makedoniya va Chernogoriya Lavrov samolyoti uchun o‘z osmonini yopib qo‘ygan.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bugun ushbu hodisa yuzasidan bayonot berishi kutilmoqda.
Avvalroq Sergey Lavrov Jozep Borrelni o'g'rilikda ayblagandi.


