1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Lingard ham Saudiya chempionatiga o'tadi

Futbolchi Benzemaning jamoadoshiga aylanishi mumkin.

Lingard ham Saudiya chempionatiga o'tadi

 

30 yoshli ingliz yarim himoyachisi Jessi Lingard Saudiya Arabistonining "Al-Ittifoq" klubida bir oy davomida mashg'ulot o'tkazadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

 

Eslatib o'tamiz, futbolchi erkin agent maqomida. Angliyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash masalasida "Al-Ittifoq" bosh murabbiyi Stiven Jerrardning qarori hammasini hal qiladi.

 

Yozda Lingard Londonning "Vest Xem" jamoasida mashg'ulot o'tkazdi, sportchi 2021-yilning yanvar oyidan maygacha o'ynadi. U so'nggi mavsumni "Nottingem Forest" klubi a'zosi sifatida o'tkazdi va u yerda 20 o'yinda ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика