Argentinalik hujumchi Lionel Messi MLS ijtimoiy tarmog‘i X (sobiq Twitter) talqiniga ko‘ra MLSning eng yaxshi yangi futbolchisi sovrinini qo‘lga kirita olmadi.
Unda “Atlanta Yunayted”ning grek hujumchisi Georgios Yakumakis g‘olib chiqdi. MLSning joriy mavsumida Yakumakis 28 o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi.
Forvard 2023-yilning fevralida jamoaga kelib qo'shilgandi. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026-yilgacha mo'ljallangan.
Mukofot uchun Messidan tashqari "Sent-Luis Siti" vakili Eduard Lyuen ham kurash olib bordi. Eslatib o‘tamiz, Messi yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida “Inter Mayami”ga o‘tgan edi.


