1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Litsenziya olish uchun Qurilish vazirligiga kelib, hujjatlar taqdim etish tartibi bekor qilindi

Endi bu ishlarni onlayn shaklda bajarish mumkin.

Litsenziya olish uchun Qurilish vazirligiga kelib, hujjatlar taqdim etish tartibi bekor qilindi



Qurilish vazirligi tomonidan beriladigan barcha turdagi lisenziyalar elektronlashtirildi va masofadan turib litsenziya olish imkoniyati yaratildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

 

Unga ko'ra, quyidagi hujjatlarni endi onlayn shaklda rasmiylashtirish mumkin:

 

1) xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatiga litsenziya;

 

2) balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatiga litsenziya;


3) ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatiga litsenziya.

 

Hujjatlarni elektron shaklda olish uchun “license.gov.uz” axborot tizimi orqali murojaat qilinadi. Portalga kirilgach, arxitektura-qurilish bo‘limidan qurilish-montaj bosqichi tanlanadi, shundan so‘ng so‘ralgan ma’lumotlar bosqichma-bosqich kiritib borilishi lozim. Ushbu ma’lumotlar to‘liq to‘ldirilgach, ariza ko‘rib chiqilishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘im undirilishi uchun invoys shakllantiriladi. Ushbu to‘lov amalga oshirilgach, real vaqt rejimida sizning so‘rovnomangiz Qurilish vazirligiga yuboriladi.


Yangi tizimda arizalar ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘imlar hamda litsenziya berish uchun davlat bojlari to‘lovini amalga oshirish uchun real vaqt rejimida avtomatik tarzda invoyslar shakllantiriladi, shuningdek, litsenziyalar QR-kod qo‘yilgan elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика