"Aeroportda, samolyotga chiqishdan oldin, ularning har biriga 300 yevro miqdorida bir martalik nafaqa beriladi. Noqonuniy migrant bu to‘lovdan faqat bir marta foydalana oladi", dedi Litva IIV migrasiya bo‘limi boshlig‘i Evelina Gudzinskayte.
Uning qo‘shimcha qilishicha, agar muhojir Litvaga yana kelsa, u nafaqa olish uchun ikkinchi marta ariza bera olmaydi.
Ushbu qaror fonida 300ga yaqin noqonuniy muhojirlar o‘z vatanlariga qaytish istagini bildirdi. Ular Iroq fuqarolari ekani xabar qilinmoqda.
Yil boshidan beri Litva-Belarus chegarasida to‘rt mingdan ziyod noqonuniy muhojir ushlandi. Bu 2020 yilga nisbatan 50 barobar ko‘p.
Litvada Belarusdan kelayotgan migrasiya oqimi munosabati bilan favqulodda holat e’lon qilingan.
Litva hukumati noqonuniy muhojirlarga 300 yevro bir martalik nafaqa beradi
Osiyo va Afrika mamlakatlaridan Belarus orqali Litvaga kirib, vataniga qaytishga rozi bo‘lgan noqonuniy muhojirlar Litva hukumatidan 300 yevro oladi.


