1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Litva rossiyaliklarning Yevroittifoqqa kirishiga qarshi

Mamlakat bu boʻyicha Estoniya hukumati qarorini qoʻllab-quvvatladi.

Litva rossiyaliklarning Yevroittifoqqa kirishiga qarshi

 

Litva Estoniya hukumatining rossiyaliklarning mamlakatga kirishini taqiqlash haqidagi qarorini qoʻllab-quvvatlaydi va uni butun Yevropa Ittifoqiga tatbiq etish kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Litva tashqi ishlar vaziri Gabriyelius Landsbergis maʼlum qildi.

 

“Litva doimiy ravishda agressiv davlatlarga qarshi sanksiyalar qoʻllash tarafdori boʻlib kelgan va cheklovlar Yevropa Ittifoqi darajasida qoʻllansa, yanada samaraliroq ishlaydi degan pozitsiyaga amal qiladi”, — deydi Litva tashqi ishlar vaziri.

 

Bayonotda aytilishicha, milliy xavfsizlik, viza berish va chegara nazorati kabi sohalar uchun masʼul boʻlgan Litva muassasalari hozirda Estoniya va Latviya tomonidan qabul qilingan qarorlarni baholamoqda. Estoniya va Latviyaning qarorlari Litvada amalda boʻlgan cheklovlarga mohiyatan juda oʻxshash.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика