1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“Liverpul” 30 yoshli yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Klub uni 18 mln yevroga sotib olgan.

“Liverpul” 30 yoshli yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

 

Angliyaning “Liverpul” klubi o‘z rasmiy sayti orqali avval Germaniyaning “Shtutgart” jamoasida to‘p surgan yarim himoyachi Vataru Endoning transferini eʼlon qildi.

 

Yangi klubida 30 yoshli yaponiyalik futbolchi uchinchi raqam ostida o‘ynaydi. Endoning “Liverpul” klubi bilan shartnoma muddati oshkor etilmagan, biroq kelishuv uzoq muddatli ekanligi qayd etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Endo 2019-yildan beri “Shtutgart”da o‘ynab kelayotgan edi. Nemis klubi uni Belgiyaning “Sent-Tryuden” jamoasidan 1,7 million yevroga sotib olgan. Insayder Fabritsio Romanoning maʼlum qilishicha, “Liverpul” yaponiyalik futbolchini 18 million yevro evaziga qo‘lga kiritgan. Transfermarkt internet portalida Endoning narxi 6,5 million yevroga baholanmoqda.

 

Maʼlumot o‘rnida, bu mavsumda Endo “Shtutgart” safida Germaniya kubogida o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi va bitta gol urdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика