1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Liviya bosh shtabi boshlig'i Turkiyada aviahalokatda halok bo'ldi

Anqara Bosh prokuraturasi samolyot halokati bo'yicha tergov boshladi.

Liviya bosh shtabi boshlig'i Turkiyada aviahalokatda halok bo'ldi

 

Liviya Milliy kelishuv hukumati ma’lumotiga ko‘ra, Liviya armiyasi Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad al-Haddod va uning delegatsiyasi a’zolari Turkiyada yuz bergan samolyot halokatida vafot etgan. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Abdulhamid Dbeiba rasmiy bayonotida ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Muhammad al-Haddod 23-dekabr kuni kechqurun Anqara shahri yaqinida halokatga uchragan samolyot bortida bo‘lgan. U bilan birga generalning maslahatchisi Muhammad al-Asaviy Diab, Quruqlikdagi kuchlar shtabi boshlig‘i general-leytenant Al-Fayturi G‘arib, brigada generali Mahmud al-Kativiy hamda Bosh shtab boshlig‘i matbuot xizmati fotografi Muhammad Umar Ahmad Mahjub ham bo'lgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot Liviya davlatiga tegishli bo‘lmagan, balki ijaraga olingan bo‘lgan. Parvozdan ko‘p o‘tmay, ekipaj aviatsiya boshqaruviga texnik nosozlik yuzaga kelgani haqida xabar bergan. Samolyot elektr tizimidagi nosozlik sababli Anqaradagi Esenbo‘g‘a aeroportiga favqulodda qo‘nishga uringan.

 

Samolyot qoldiqlari Anqara viloyatining Hayman tumani hududida, Kesikkavak qishlog‘idan taxminan 2 kilometr janubda topilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Anqara Bosh prokuraturasi tomonidan aviahalokat sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari boshlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика