Liviyada “sariq tort” nomi bilan mashhur konteyner yo‘qoldi. Bu haqda Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik rahbari Rafael Grossi maʼlum qildi.
Konteyner ichida ikki yarim tonna uran bo‘lgan. MAGATE ijrochi direktori Rafael Grossining so‘zlariga ko‘ra, konteynerning yo‘qolgani Liviyada o‘tkazilgan tekshiruv chog‘ida aniqlangan. Grossi agentlikka aʼzo barcha mamlakatlarga voqea haqida yozma xabar yubordi.
MAGATE yo‘qolgan yadroviy materialning holatini aniqlash va uning hozirgi joylashuvini aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish niyatida.
“Sariq tort” — sariq kukun shaklida uran tuzlarining cho‘kmasi bo‘lib, uran qazib olish usullaridan biri natijasida olinadi.
Qayta ishlangan shaklda u atom elektr stansiyalari uchun yoqilg‘iga aylanishi mumkin va agar boyitilgan bo‘lsa, yadro qurolini yaratish uchun ishlatilishi mumkin.


