Bugun, 29-sentabr kuni Islandiyaning Icelandair va Janubiy Koreyaning "Korean Air" aviakompaniyalarining ikki yo‘lovchi samolyoti Xitrou aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagida to‘qnashib ketdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Ayni damda favqulodda xizmatlar Xitrou aeroportida sodir bo‘lgan voqeani tergov qilayotgani maʼlum. Qurbonlar haqida maʼlumot berilmagan.
Nashr muharriri Den Sabbah "Korean Air" aviakompaniyasining Seulga uchayotgan yo‘lovchilari orasida bo‘lgan va voqeani suratga olgan.


