1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

London Kiyevga lazerda nishonga oladigan raketa berdi

Uning har bir donasi 175 ming funt-sterling turadi.

London Kiyevga lazerda nishonga oladigan raketa berdi

 

Buyuk Britaniya Ukrainaga yuqori aniqlikdagi Brimstone 2 raketalarini yetkazib berdi. Bu haqda The Daily Telegraph xabar berdi

 

Lazer mo‘ljalga olish tizimi bilan kuchaytirilgan raketalar odatda qiruvchi samolyotlardan uchiriladi, ammo u Ukraina qurolli kuchlari tomonidan yuk mashinalariga o‘rnatilgan ko‘chma tizimlarga joylashtiriladi. 2016-yilda bu turdagi raketalarning donasi 175 ming funt-sterlingga teng bo‘lgan. Samolyotdan uchirilganda u 60 km masofaga uchib boradi, ammo yerdan turib uchirilganda bu ko‘rsatkich 12 kmni tashkil etadi.

 

London bahorda Kiyevga Brimstone‘ning eski variantlarini yetkazib bergan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика