1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Londonda AQSh va Xitoy o‘rtasida savdo muzokaralari o‘tkazildi

AQSh–Xitoy muzokaralari davom etmoqda.

Londonda AQSh va Xitoy o‘rtasida savdo muzokaralari o‘tkazildi

 

Buyuk Britaniya poytaxti Londonda AQSh va Xitoy o‘rtasida ikki tomonlama savdodagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha yuqori darajadagi muzokaralar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

 

Xitoy delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari Xe Lifen boshchilik qilgan. Amerika tomonidan esa AQSh savdo vaziri Xovard Latnik, moliya vaziri Skott Bessent va savdo vakili Jeymison Greer muzokaralarda ishtirok etgan.

 

Uchrashuvda bojxona tariflari, noyob yer elementlari eksportiga cheklovlar va ilg‘or texnologiyalarga oid masalalar muhokama qilindi. Bu mavzular avtomobil ishlab chiqaruvchilar va yuqori texnologiyalar sohasidagi kompaniyalar uchun dolzarb hisoblanadi.

 

Muzokaralar bugun ham davom etishi mumkin. Bu muloqot Jenevada 10–11 may kunlari o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida tashkil etilgan Xitoy–AQSh savdo-iqtisodiy maslahatlashuv mexanizmi doirasidagi keyingi bosqichdir. Shveytsariyada tomonlar bojlar miqdorini qisqartirishga kelishib olgan edi — may oyiga kelib bu hajmlar 100 foizdan oshgan.

 

Shuningdek, 5-iyun kuni Xitoy raisi Si Szinpin va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali suhbatlashib, muzokaralarni tez orada davom ettirishga kelishib olgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика