1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Londondagi markaziy ko‘cha Ramazon munosabati bilan bezatildi

Coventry Street to‘rtinchi bor Ramazon sharafiga yoritildi, 31 mingdan ortiq LED chiroqlar o‘rnatildi.

Londondagi markaziy ko‘cha Ramazon munosabati bilan bezatildi

 

Angliya poytaxti Londondagi mashhur Coventry Street Ramazon oyi munosabati bilan yana maxsus yoritish bezaklari bilan bezatildi. Bu haqda Sadiq Khan o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

 

London markazidagi Piccadilly Circusdan Leicester Squaregacha cho‘zilgan Coventry Street bayramona muhitga burkandi. Loyiha “Aziz” jamg‘armasi tomonidan London munitsipaliteti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

 

Bu yil ko‘cha geometrik yorug‘lik naqshlari bilan bezatildi. Piyodalar boshi uzra “Happy Ramadan!” (“Ramazon muborak!”) yozuvi tushirilgan yorug‘lik installyatsiyasi o‘rnatildi. Bezash ishlari uchun qariyb 31 mingta LED chiroqdan foydalanilgan. Ular har kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 dan 01:00 gacha yoqiladi va 19-martga qadar ishlaydi.

 

Yoritish marosimida London meri Sadiq Khan jamg‘arma vakili bilan birgalikda ramziy tarzda chiroqlarni yoqdi. Uning ta’kidlashicha, London G‘arb dunyosida markaziy ko‘chasi Ramazon sharafiga bezatilgan birinchi shaharlardan biri hisoblanadi.

 

Merning so‘zlariga ko‘ra, Ramazon turli millat va din vakillarini birlashtiradigan, o‘zaro hurmat va birdamlikni mustahkamlaydigan muhim davrdir. 2023-yilda boshlangan ushbu tashabbus hozirga kelib Londonning Ramazon an’analaridan biriga aylangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика