1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Los-Anjelesdagi yong‘in qurbonlari soni 16 kishiga yetdi

Mamlakatda vaziyat o‘ta og‘irligicha qolmoqda.

Los-Anjelesdagi yong‘in qurbonlari soni 16 kishiga yetdi

Halok bo‘lganlarning aniq soni nomaʼlumligicha qolmoqda, sababi qutqaruvchilar o‘rmon yong‘inlaridan jabr ko‘rgan barcha hududlarga hali yetib bormagan.

 

Los-Anjeles o‘t o‘chirish boshqarmasining so‘nggi maʼlumotlariga ko‘ra, 12 mingga yaqin uy vayron bo‘lgan. O‘tgan tunda taxminan 9,5 ming gektar hududi yonib ketgan Pasifik-Paliseyds shahri chekkasida yong‘in ko‘lami oshgan, deb xabar beradi Los Angeles Times.

 

So‘nggi bir necha kun ichida 180 mingdan ortiq odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgani aytilmoqda. 11 yanvar kuni yong‘in qo‘shimcha bir nechta hududlarni qamrab oldi, natijada hukumat evakuatsiya zonasini kengaytirdi. Kecha sokin shamol va namlikning oshishi yong‘inlarni o‘chirishda muvaffaqiyatga erishishga yordam bergan bo‘lsa-da, Milliy ob-havo xizmati kelgusi haftada kutilayotgan ob-havo sharoiti yana yong‘inlar tarqalishini kuchaytirishi haqida ogohlantirmoqda.

 

Shahar rasmiylari yong‘inlar oqibatida havo sifati yomonligi sababli aholiga imkon qadar uyda qolishni tavsiya qilgan. Ochiq havoda ishlaydigan har bir kishi respirator kiyishi kerak, deydi Los-Anjeles okrugi sog‘liqni saqlash departamenti vakili Anish Mahajan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика