Politsiya Palisadesdagi yong‘inga aloqador 14 kishini, jumladan, o‘t qo‘yishda gumon qilingan uch kishini hibsga oldi. Boshqalar komendantlik soatlarini buzgan, o‘zlarini o‘t o‘chiruvchi yoki politsiyachi sifatida ko‘rsatgan va o‘g‘irlik sodir etgan. Aynan talonchilar tufayli politsiya yong‘in sodir bo‘lgan hududlarda soat 18:00 dan ertalab soat 6 gacha komendantlik soati joriy qilgan.
Shu bilan birga, Los-Anjeles hukumati yong‘inlarga qarshi kurashda ijobiy natijaga erishganini eʼlon qildi. Tinch okeanidagi Palisades yong‘ini 14 foizga o‘chirilgan, Pasadena yaqinidagi yong‘in esa 33 foiz nazorat ostida.


