1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Lukashenko Suriyani qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

U Bashar Asadga tabrik yo'llagan.

Lukashenko Suriyani qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Bashar Assadga yo‘llagan tabrigida Minsk Suriyani mojarodan keyingi qurilish bosqichida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytdi

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Lukashenko Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar Asadni Belarus-Suriya diplomatik munosabatlari o‘rnatilganining 30 yilligi bilan tabriklagan.

"Belarus doimo Suriyaga yaqin bo'lib kelgan, og'ir kunlarda yordam qo'lini cho'zgan. Sizni ishontirib aytamanki, biz qardosh Suriya xalqini mojarodan keyingi qurilish bosqichida qo'llab-quvvatlashda davom etishga tayyormiz", — deyiladi tabrikdan keltirilgan iqtibosda.

Avvalroq Belarus hukumati mamlakat va uning korxonalari Suriyani urushdan keyingi qayta tiklash jarayonida ishtirok etishidan manfaatdor ekanini ma’lum qilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика