1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Lukashenko Ukraina uni hayratlantirganini tan oldi

Rossiya o‘tgan yili Ukrainaga hujumini bir qismni Belarus hududi orqali amalga oshirgandi.

Lukashenko Ukraina uni hayratlantirganini tan oldi

 

G‘arb davlatlari Belarusga qarshi Ukrainadan foydalanishga harakat qilyapti. Bu haqda prezident Aleksandr Lukashenko maʼlum qildi

 

"Ular Ukrainadan Belarusga qarshi foydalanishga harakat qilmoqda. Ammo meni hayratga solayotgani — Ukraina hozircha qimirlamayapti. U Belarusga qarshi provokatsiyalarga bormayapti. Ammo uni G‘arbdagi qo‘shnilarimiz faol gijgijlamoqda. Kimligini o‘zingiz bilasiz", — degan u RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan suhbatda.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Rossiyaning Ukrainaga qarshi hujumining bir qismi aynan Belarus orqali amalga oshirilgandi. Bu yil ushbu davlatda 11 ming rossiyalik askar bor. Tahlilchilar bu yirik hujum uchun yetarli emasligini aytmoqda. Katta ehtimol bilan bu Ukrainani shimoliy chegaralarda katta qo‘shin ushlab turishi uchun amalga oshirilmoqda.

 

Belarus OAV Lavrovning Lukashenkoga javobini keltirmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика