1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Lukashenko va'dasida turmadimi?

Jitomir aeroporti Belarus tomonidan raketa hujumiga uchradi.

Lukashenko va'dasida turmadimi?


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ikki yil ichida birinchi marta Belarus rasmiy rahbari Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Zelenskiy suhbat uzoq va juda mazmunli bo‘lganini ta’kidladi.

 

"Men unga to‘qnashuvimiz mumkin emasligini batafsil tushuntirdim. Belarusdan Ukrainaga raketalar, samolyotlar, vertolyotlar uchishini xohlamayman. Belarusdan Ukrainaga qo‘shinlar borishini xohlamayman. Va Lukashenko meni bunga ishontirdi", - deydi Zelenskiy. 

 

Unga ko‘ra, Lukashenko Ukraina va Rossiya delegatsiyalarini Pripyat daryosida hech qanday shartlarsiz uchrashishlarini so‘ragan.

 

"Prezident sifatida mening vazifam - davlatimizni himoya qilish. Siz esa mana shu og‘ir kunlarda biz bu vazifani qanday bajarayotganimizni ko‘rdingiz", - deya xulosa qildi Zelenskiy.

 

Ma'lumotlarga ko'ra, Lukashenko Ukraina delegatsiyasining safari, muzokaralari va qaytishi vaqtida Belarus hududida joylashgan barcha samolyotlar, vertolyotlar va raketalar yerda qolishi masʼuliyatini oʻz zimmasiga oldi. Ammo suhbatdan ko'p o'tmay Belarusdan Ukraina tomon raketalar uchirilgan. Ular Jitomir aeroporti hududida portladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика