1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Lukoyl” bilan shartnoma 55 ga 45 — Mirzamahmudov

Energetika vaziri Mahsulot taqsimoti bitimini tushuntirib berdi.

“Lukoyl” bilan shartnoma 55 ga 45 — Mirzamahmudov

 

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Lukoyl” kompaniyasi misolida Mahsulot taqsimoti bitimi (SRP) qanday ishlashini tushuntirib berdi. 

 

Ma’lum qilinishicha, ko‘pchilik ushbu kondagi gazning 90 foizi “Lukoyl”ga, 10 foizi O‘zbekistonga degan xato tasavvurga ega. Aslida butunlay boshqacha. Investorlar qatorida bor bo‘lgan “O‘zbekneftgaz” (davlat korxonasi) ulushini qo‘shib hisoblaganda, jami daromadning 55 foizi O‘zbekiston, 45 foizi esa “Lukoyl”ga tegadi.

 

Masalan, 100 mln dollar daromad 50/50 bo‘linadi: O‘zbekistonga 50 mln dollar, investorlarga 50 mln dollar. Keyin investorlar shu 50 mln dollarni yana o‘zlari ikkiga bo‘lishadi. 

 

Investor esa 2 ta: biri “Lukoyl” — uning ulushi 90 foizi, demak, 45 mln dollar (50 mln dollarning 90 foizi). Ikkinchisi “O‘zbekneftgaz” — uning ulushi 10 foizi, demak 5 mln dollar (50 mln dollarning 10 foizi).

 

Shunday qilib, 100 mln dollar misolida olinsa, ushbu bitim doirasida O‘zbekiston tomoniga 55 mln dollar, “Lukoyl”ga 45 mln dollar tegmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика