Toshkent yo‘llari sifatini yaxshilashda “Lukoyl” bilan hamkorlik qilinadi. Bu haqda shahar hokimligida “LLK-Interneshnl” kompaniyasi ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda maʼlum qilindi.
Toshkent shahar hokimi v.b Baxtiyor Rahmonov "LLK-Interneshnl" mutasaddilari bilan uchrashdi.
O‘zaro muloqot davomida poytaxtdagi yo‘llarni sifatli taʼmirlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Qayd etilishicha, Toshkent iqlimi keskin kontinental bo‘lgani bois yo‘llarda bajarilayotgan taʼmirlash ishlari sifati hamda xizmat qilish muddatini bir necha barobar oshirish kerak.
Hokim v.b. Baxtiyor Rahmonov keskin kontinental iqlimni hisobga olgan holda taʼmirlash ishlari sifati va ularning xizmat muddatini oshirish muhimligini taʼkidladi.


