1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Madaniy meros haftaligi doirasida 60 ga yaqin shartnomalar imzolanadi

Toshkent shahrida "Sharq renessansi fenomeni: davlatlar, dinlar va sivilizatsiyalar" mavzusidagi Madaniy meros haftaligi bo‘lib o'tmoqda.

Madaniy meros haftaligi doirasida 60 ga yaqin shartnomalar imzolanadi

 

Ayni kunlarda poytaxtimiz Toshkent shahrida O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU)ning konferens-zalida "Sharq renessansi fenomeni: davlatlar, dinlar va sivilizatsiyalar" mavzusidagi Madaniy meros haftaligi bo‘lib o'tmoqda.

 

Bugungi tadbir avvalida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) boshqaruvi raisi Firdavs Abduxoliqov O‘zbekiston Madaniy merosi haftaligining qisqacha mazmuni, maqsadi, amalga oshiriladigan ishlar, imzolanishi kutilayotgan shartnomalar va tadbir ishi haqida so'z yuritib, "Mazkur kongress shu yilning avgust oyida Samarqand shahrida bo'lib o'tgan WOSCU VIII Xalqaro kongressining davomi ekanligini ta'kidladi.

 

"O'tgan kongressda biz memorandumlar imzolagan bo'lsak, bu kongressda 60 ga yaqin shartnomalar imzolaymiz", - deya so'zini davom ettirdi.

 

Qutlov so‘zi uchun Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev so'zga chiqdi. Ishtirokchilarni qutlab, haftalikning vazifalari, yaqin kunlarda o‘tkaziladigan tadbirlar haqida so'z yuritildi.

 

Yangi O‘zbekistonda davlat tomonidan fan, madaniyat va ta’lim sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hujjatli film barcha ishtirokchilar e’tiboriga havola etildi. Filmda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning madaniy merosni o‘rganish va saqlash bo‘yicha ko‘rsatayotgan sa’y-harakatlari, shuningdek, ta’lim dasturlarini joriy etish va WOSCU kongresslarini o‘tkazish kabi tashabbuslari yoritildi.

 

Tadbir davomida so'zga chiqqan Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Madjidov qutloq nutqida sohani rivojlantirishda samarali ishlar amalga oshirlayotganini alohida ta'kidlab, kongress ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика