1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Madinadagi masjidga havoni xushbo‘ylantiruvchi aqlli qurilmalar o‘rnatildi

Bu haqda IslamNews maʼlum qildi.

Madinadagi masjidga havoni xushbo‘ylantiruvchi aqlli qurilmalar o‘rnatildi

 

Masjidi Nabaviyga havoni xushbo‘ylantiruvchi aqlli qurilmalar o‘rnatildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi IslamNews‘ga tayanib, xabar berdi.

 

Aytilishicha, masjidi Nabaviyga havoni xushbo‘ylantiruvchi aqlli qurilmalar o‘rnatildi. Ular ziyoratgoh hududini toza havo bilan taʼminlaydi.

 

Masjid yaqiniga yondosh inshootlarga ham xuddi shunday qurilmalar o‘rnatildi. Bundan tashqari, masjid atrofida 245 ta yuqori texnologiyali salqin bug‘ chiqaradigan soyabon ishlab turibdi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga ko‘ra, masjiddagi beton ustunlarga o‘rnatilgan elektr soyabonlar ziyoratchilarga masjidda bemalol ibodat qilish imkonini beradi, quyosh nurining bevosita taʼsir qilishini oldini oladi va haroratni pasaytiradi.

 

Ular havodan issiqlik energiyasini yutadigan va haroratni pasaytiradigan aniq avtomatlashtirilgan tizim yordamida sovuq suv tomchilari bilan aralashtirilgan havoni puflaydigan ventilyatorlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Marmar pollar issiqlik singishini oldini oladi va haroratni pasaytirishga ham yordam beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика