Madridning "Real" klubi "Inter"ning 25 yoshli markaziy himoyachisi Alessandro Bastoniga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Tuttosport" nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, italiyalik futbolchini sotib olishga "Los Blancos" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti shaxsan o'zi qiziqmoqda. Ta'kidlanishicha, "Inter" Bastoni uchun 80 million yevro talab qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda Bastoni barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umumiy hisobda u maydonda 2632 daqiqa o'tkazdi.


